E D U L O G

Administrator shaxsiy kabineti

Har bir foydalanuvchining o’z shaxsiy kabineti bor.

Administator shaxsiy kabinetiga quyidagi adres bilan kiriladi – https://edulog.uz/o’quv_markazi_nomi/site/login

 

Login va parollar to’g’ri kiritilganda boshqaruv paneli ochiladi. Quyida shaxsiy kabinet elementlarini ko’rishingiz mumkin.

 

Administrator paneli 16 ta moduldan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilar –

Talabalar – talabani qabul qilish, talabani izlash, talaba profili, talaba ota – onalari kabi ma’lumotlarni saqlaydi.

To’lovlarni yig’ish – talalardan ta’lim uchun yig’iladigan barcha to’lovlarga oid ma’lumotlar.

Daromad – daromad bilan ishlash bo’yicha ma’lumot.

Chiqimlar – chiqimlar   bilan ishlash bo’yicha ma’lumot.

Marketing – reklamaga oid tahlil.

Davomat – talabalar davomatini boshqarish uchun.

Imtihonlar – imtihonni boshqarish, imtihon baholari bo’yicha.

Ta’lim – filial, guruhlarni boshqarish, o’qituvchilarni guruhlarga biriktirish, dars jadvali yaratish uchun.

Kadrlar bo’limi – ta’lim muassasi xodimlarini boshqarish uchun.

Jo’natmalar –  foydalanuvchilarga jo’natmalar, email yuborish.

Yuklamalar menedjeri – o’quv materiallari, dasturlarini boshqarish uchun.

Uyga vazifa – bu modul uyga vazifalarni yaratish va ularni baholashda foydalaniladi.

Hisobotlar – bu yerda modullar bo’yicha muhim hisobotlar yig’ilgan.

Tizimni sozlash – tizimni sozlashga oid barcha asboblar.

Chat – foydalanuvchilar o’rtasida muloqot vositasi.

Topshiriqlar menedjeri – bu rahbarning xodimlarga topshiriq berib, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish imkonini beradi.

Agar siz uchun qaysidir modul keraksiz bo’lsa, siz uni o’chirib qo’yishingiz mumkin.

Tizim o’quv markazingizga moslab sozlash bo’yicha qisqacha ma’lumot

Administrator shaxsiy kabinetida Tizimni sozlash > Umumiy sozlamalar bo’limiga o’ting, ekranning o’ng tomoni yuqori qismida “Tahrirlash” tugmachasi mavjud, o’quv markazingiz ma’lumotlarini kiritish uchun shuni bosing,

 

Ma’lumotlarni, logotipni o’zgartiring va o’zgarishlarni saqlab qo’ying.

Bu bo’limda biz tizimni birlamchi sozlab oldik. Endi filial, guruh, xodimlarni qo’shib chiqamiz.

Oldin guruhni yaratamiz. Guruhni yaratish uchun Ta’lim> Guruhlar ni oching. Bir guruh bir necha filiallarda bo’lishi mumkin. Guruhni qo’shing. Shundan so’ng siz filialni qo’shishingiz mumkin.

Endi filialni qo’shamiz, Ta’lim> Filialni oching. Filial nomini kiriting, guruhlarni tanlang va “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

 

O’qituvchini qo’shish uchun Kadrlar bo’limi > Xodimlar ni oching. Rolini o’qituvchi deb ko’rsatib, xodimni qo’shing.

Guruhga o’qituvchini biriktirish uchun Ta’lim>Guruh rahbarini belgilashni oching, filialni, guruhni tanlang va “Izlash” tugmasini bosing. Shundan so’ng guruhga o’qituvchini belgilang.

 

Ajoyib! Siz Edulogni dastlabki sozlashni tugatdingiz.

Endi barcha modullarni batafsil ko’rib chiqamiz.

O'xshash maqolalar