E D U L O G

Uy vazifasi moduli 2 bo’limdan iborat –

  • Uy vazifasi qo’shish
  • Baho bo’yicha hisobot

Bu yerda o’qituvchilar o’z guruhlari uchun uy vazifasi yaratishadi. O’qituvchilar uy vazifasini yaratishgandan so’ng, uy vazifasini tekshirib ularni bajaragan talabalarga baho qo’yishadi. Avval uy vazifasini qo’shamiz, keyin ularga baho qo’yamiz.

 

Yangi uy vazifasini yaratish uchun “+Qo’shish” tugmachasini bosing, “Uy vazifasini qo’shish” modal oynasi ochiladi. Filial, Guruh, Uy vazifasi sanasini, Topshirish sanasini, Tavsifini kiriting, kerak bo’lsa hujjatni ilova qiling va “Saqlash” tugmachasini bosing.

Talaba uy vazifasini bajargan yoki bajarmaganligini belgilash uchun “Amallar” ustunidan “Ko’rish” tugmachasini bosing, “Uy vazifasini baholash” modal oynasi ochiladi. Bu oynaning chap tomonidagi talabalar ro’yxatidan uy vazifasini bajargan talabalarni tanlab o’ng tomondagi qismga o’tkazing, so’ngra “Baholash sanasi”ni belgilang va “Saqlash” tugmachasini bosing.

Baho bo’yicha hisobot – Uy vazifasi > Baho bo’yicha hisobot ni oching.

Bu sahifada uy vazifasi natijalarini ko’rish mumkin.

Uy vazifasini nechta talaba bajargan yoki bajarmaganligini ko’rish uchun “Amallar” ustunidagi “Ko’rish” tugmachasini bosing.

O'xshash maqolalar