«Kadrlar bo’limi» menyusi quyidagi qism menyularidan tarkib topgan:
Kadrlar bo’limida biz o’qituvchidan tortib to administratorgacha bo’lgan barcha xodimlarni boshqaramiz. Avval Bo’lim, Lavozim, so’ngra Xodimni qo’shamiz, keyin esa Xodimlar davomati, ish – haqini boshqaramiz.
Lavozim yarating. Masalan, sizda marketing bo’limi ochildi, marketologni ishga oldingiz.
Lavozimni yaratish uchun Kadrlar bo’limi – Lavozim ni oching.
Lavozim nomiga Marketolog so’zini kiriting va «Saqlash» tugmachasini bosing.
Marketolog lavozimi yaratildi.
Endi bo’lim yarating. Buning uchun Kadrlar bo’limi – Bo’lim ni bosing.
Bo’lim nomini kiriting: Marketing va «Saqlash» tugmachasini bosing.
Xodimlar haqida ma’lumot olish yoki yangi xodim qo’shish uchun “Xodimlar” menyu bo’limidan foydalanamiz. Kadrlar bo’limi – Xodimlar ni oching.
Bu yerda barcha faol xodimlarni topish mumkin. Siz xodimlarni filial, roli, bo’limi yoki ismi bo’yicha topishingiz mumkin.
Xodim haqidagi ma’lumotni o’zgartirish uchun “Tahrirlash” tugmachasini, xodim profilini ochish uchun uning ismiga bosing.
Xodim ismiga sichqoncha tugmachasi bosilganda, xodim profili ochiladi. Xodim profili xodim haqida barcha ma’lumotlar: profil, ish-haqi, davomati, hujjatlari, xronologiyani ko’rsatadi. Bundan tashqari profil sahifasi o’ng tomonida maxsus tugmachalar: O’chirish, O’zgartirish, Parolni o’zgartirish mavjud.
Agar xodim ishdan bo’shasa, “O’chirish” tugmachasini bosing. Bu amaldan so’ng xodim o’z shaxsiy kabinetiga kira olmaydi va xodimlar ro’yxatidan o’chib ketadi.
Yangi xodimni qo’shish uchun «+ Xodim qo’shish» tugmachasini bosing.
Yangi xodimni qo’shish sahifasi ochiladi.
Xodimga oid ma’lumotlarni kiriting va «Saqlash» tugmachasini bosing.
Xodim parolini yaratish.
Xodim tizimga qo’shilgandan so’ng, parolni ham yaratish kerak.
Buning uchun kerakli hodim profiliga kiring.
Yuqorida joylashgan Kalit belgisiga bosing.
Parolni o’zgartirish modal oynasi ochiladi. Parolni kiriting va Saqlash tugmachasini bosing.
Xodimlar davomati — Kadrlar bo’limi > Xodimlar davomatini oching. Bu bo’lim xodimlar davomatini yuritish uchun mo’ljallangan. Filialni, sanani tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing.
Xodimlar ro’yxati chiqadi, har bir xodim uchun “Ish kuni emas / Ishtirok etmoqda / Qatnashmayapti” statuslaridan birini tanlang va “Saqlash” tugmachasini bosing.
Mazkur kunda qaysidir xodimning darsi bo’lmasligi mumkin, “Ish kuni emas” statusini qoldiring.
Bayram kunini tanlash uchun “Bayram deb belgilash” ni bosing va “Saqlash” tugmachasini bosing.
Xodimlar davomati hisoboti — Kadrlar bo’limi > Xodimlar davomati hisoboti ni oching. Bu bo’lim xodimlar davomatiga oid hisobotni ko’rsatadi.
Filial, oy va yilni tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing.