Har bir foydalanuvchining o’z shaxsiy kabineti bor.
Administator shaxsiy kabinetiga quyidagi adres bilan kiriladi – https://edulog.uz/o’quv_markazi_nomi/site/login
Login va parollar to’g’ri kiritilganda boshqaruv paneli ochiladi. Quyida shaxsiy kabinet elementlarini ko’rishingiz mumkin.
Administrator paneli 16 ta moduldan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilar –
Talabalar – talabani qabul qilish, talabani izlash, talaba profili, talaba ota – onalari kabi ma’lumotlarni saqlaydi.
To’lovlarni yig’ish – talalardan ta’lim uchun yig’iladigan barcha to’lovlarga oid ma’lumotlar.
Qo’shimcha daromad – daromad bilan ishlash bo’yicha ma’lumot.
Chiqimlar – chiqimlar bilan ishlash bo’yicha ma’lumot.
Marketing – reklamaga oid tahlil.
Davomat – talabalar davomatini boshqarish uchun.
Imtihonlar – imtihonni boshqarish, imtihon baholari bo’yicha.
Ta’lim – filial, guruhlarni boshqarish, o’qituvchilarni guruhlarga biriktirish, dars jadvali yaratish uchun.
Kadrlar bo’limi – ta’lim muassasi xodimlarini boshqarish uchun.
Jo’natmalar – foydalanuvchilarga jo’natmalar, email yuborish.
Yuklamalar menedjeri – o’quv materiallari, dasturlarini boshqarish uchun.
Uyga vazifa – bu modul uyga vazifalarni yaratish va ularni baholashda foydalaniladi.
Hisobotlar – bu yerda modullar bo’yicha muhim hisobotlar yig’ilgan.
Tizimni sozlash – tizimni sozlashga oid barcha asboblar.
Chat – foydalanuvchilar o’rtasida muloqot vositasi.
Topshiriqlar menedjeri – bu rahbarning xodimlarga topshiriq berib, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish imkonini beradi.
Agar siz uchun qaysidir modul keraksiz bo’lsa, siz uni o’chirib qo’yishingiz mumkin.
Administrator shaxsiy kabinetida Tizimni sozlash > Umumiy sozlamalar bo’limiga o’ting, ekranning o’ng tomoni yuqori qismida “Tahrirlash” tugmachasi mavjud, o’quv markazingiz ma’lumotlarini kiritish uchun shuni bosing,
Ma’lumotlarni, logotipni o’zgartiring va o’zgarishlarni saqlab qo’ying.
Endi filialni qo’shamiz, Ta’lim> Filialni oching. Filial nomini kiriting, guruhlarni tanlang va “Saqlash” tugmachasini bosing.
O’qituvchini qo’shish uchun Kadrlar bo’limi > Xodimlar ni oching. Rolini o’qituvchi deb ko’rsatib, xodimni qo’shing.
Ajoyib! Siz Edulogni dastlabki sozlashni tugatdingiz.
Endi barcha modullarni batafsil ko’rib chiqamiz.