E D U L O G

Bu modul 5 bo’limdan iborat —

  • Filial
  • Guruhlar
  • Kurslar
  • Kabinetlar
  • Darslar jadvali

Flial

Ta’lim > Flial dastlab filiallarni yaratamiz.

Kurslar

Ta’lim > Kurslar bu bo’limida o’quv markazida mavjud kurslar ko’rsatiladi. Masalan: matematika, ona tili, ingliz tili va h.z.

Guruhlar Ta’lim > Guruhlar ni oching.

guruhning nomini yozamiz,

kerakli flialni tanlaymiz,

guruh turini belgilaymiz,

Kutuvchi guruh

Holat: avtomaktabda yangi guruh ochilishi uchun o’quvchilar soni 10 ta bo’lishi kerak. 10 ta o’quvchi yig’ilgandan keyin guruh ochiladi.

Shu holatni tizimlashtirish uchun guruh  yaratishda guruh holatini kutishda deb belgilanadi. O’quvchilarni guruhga biriktirish va ulardan to’lov olish mumkin. Guruhga keraklicha o’quvchi yig’ilgandan so’ng faollashtiriladi. Faollashtirishda sana so’raladi.

kursni belgilaymiz,

darajani belgilaymiz,

guruh rahbarini belgilaymiz,

o’qituvchi maoshi turini tanlaymiz,

Guruhda ish haqi usulini tanlash – O’qituvchiga oylikni qanday usulda olish ko’rsatiladi. O’qituvchiga oylik chiqarishning 3 ta usuli mavjud: Aniq  miqdor, O’quvchilar soni bo’yicha, Guruhdagi to’lovlardan foiz.

maosh miqdorini ko’rsatamiz foiz tanlangan bo’lsa foiz yozamiz masalan 20%.

 

Bizda 2 xil usulda xisoblash tizimi mavjud bo’lib:

Birinchi usul Darsbay:

Ya’ni darslar soniga qarab hisoblanadi.

Darsbay Tarifikatsiyani belgilaysiz,

Darslar sonini yozasiz:

Va narxini qo’yasiz.

Tizim qo’yilgan narxga qarab bitta darsning aniq summasini hisoblab beradi:

Kerakli qisimni tanlaymiz.

Endi saqlash tugmasini bosing.

 

Ikkinchi usulimiz Oylik:

Bu usul bir oylik to’lovni hisoblab beradi.

Oylik Tarifikatsiyani belgilaysiz,

Bunda dars o’tilishi kerak bo’lgan kunlarni belgilab olinib narx qo’yiladi. Endi saqlash tugmachasini bosing.

(Eslatib o’tamiz to’lov usulini belgilashingizdan oldin aniq qarorga kelib so’ng belgilang, chunki to’lov usuli tanlanib saqlanganidan so’ng uni o’zgartirib bo’lmaydi!)

Yaratilgan guruhlar sahifaning o’ng tomonida joylashgan, siz ularni o’chirishingiz yoki o’zgartirishingiz mumkin.

Bu yerda guruhlar faol, kutilmoqda hamda o’chirilgan yozuvlari mavjud:

Faol guruhlar bu mijozi bor va o’qish boshlangan guruhlar hisoblanadi

Kutuvchi guruh

Holat: avtomaktabda yangi guruh ochilishi uchun o’quvchilar soni 10 ta bo’lishi kerak. 10 ta o’quvchi yig’ilgandan keyin guruh ochiladi.

Shu holatni tizimlashtirish uchun guruh  yaratishda guruh holatini kutishda deb belgilanadi. O’quvchilarni guruhga biriktirish va ulardan to’lov olish mumkin. Guruhga keraklicha o’quvchi yig’ilgandan so’ng faollashtiriladi. Faollashtirishda sana so’raladi.

Guruhni o’chirib yuborganingizda o’chirilgan qatoriga kelib tushadi ya’ni butunlay o’chib ketmaydi.

Guruhlarlar soni chegaralanmagan.

Oxirida dars jadvalini yaratamiz.

KabinetlarTa’lim > Kabinetlar ni oching.

Kabinet nomini kiritib, saqlash tugmachasini bosing.

Darslar jadvaliTa’lim > Darslar jadvali ni oching.

Darslar jadvali ikki bo’limdan iborat:

1) Dars jadvalini qo’shish / o’zgartirish;

2) Dars jadvalini ko’rish.

Dars jadvalini qo’shish / o’zgartirish uchun “Dars jadvalini qo’shish” tugmachasini bosing.

Keyin Filial, Guruhni tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing.

Natijada haftaning 7 kunini o’z ichiga olgan ro’yhatga ega bo’lasiz. Bu ro’yhatda kerakli kunlar uchun Darsning boshlanishi, Darsning tugashi, Kabinet nomini tanlang va “Saqlash” tugmachasini bosing.

Dars jadvalini ko’rish uchun Ta’lim > Dars jadvali ni bosing, Filial, Guruhni tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing.

O'xshash maqolalar