E D U L O G

Тоpshiriqlar menejeri moduli 2 bo’limdan iborat –

  • Interaktiv kalendar
  • Topshiriqlar menedjeri

Topshiriqlar menedjeri yordamida ishimizni rejalashtiramiz yoki rahbar xodimlariga biror vazifa berib, vazifaning bajarilishini nazorat qiladi. Topshiriqlar kalendari vazifalarni yaratish, o’zgartirish uchun qo’llaniladi. Interaktiv kalendar esa topshiriqlarni, dars jadvalini ko’rsatibgina qolmay tadbirlar yaratish imkoniga ega.

Topshiriqlar menedjeri – Har bir sahifaning yuqori qismi o’ng tomonida kalendar belgisi mavjud, shu belgini bosing. Topshiriqlar sahifasi ochiladi.

 

 

Topshiriqlar ro’yxati blokining yuqori qismida + tugmachasi mavjud, mazkur tugmachani bosing. “Topshiriqni qo’shish” modal oynasi ochiladi.

 

 

Sarlavha, tavsifni kiriting, muddatni ko’rsating, xodimni tanlang va “Saqlash” tugmachasini bosing. Kerak bo’lsa biror faylni ilova qilishingiz mumkin.

Bundan so’ng biriktirilgan xodim yangi topshiriq to’g’risida bildirishnoma oladi. Albatta buning uchun u o’z shaxsiy kabinetiga kirgan bo’lishi kerak. Xodim topshiriqni ochganda unga Topshiriq muddati, Qolgan vaqt, Vazifa beruvchi, Topshiriq tavsifi, fayl ilova qilingan bo’lsa fayl ko’rinadi.  Xodim topshiriqni bajarib bo’lgandan so’ng, Tadbirni ko’rish moduli ichidagi Hisobot maydonida yozuv qoldirishi, kerak bo’lsa faylni yuklashi mumkin. So’nggida “Saqlash” tugmachasini bosadi.  Topshiriq bajarilganlini ko’rsatish uchun topshiriqni belgilab qo’yadi.

 

O'xshash maqolalar