E D U L O G

Bu modul 2 bo’limdan iborat —

  • To’lov
  • Qarzdorlar

Talabalardan tolov qabul qilish, qarzdorlikni aniqlash uchun ularga tolovni belgilash lozim.

To’lov turi – To’lovlarni yig’ish > To’lov ni oching. 

Filial, guruh, to’lov oyi, yilini tanlang.

Izlash” tugmachasini bosing.

Davr – To’lov davri. Masalan, 01.10.2020 – 31.01.2020;

Narxi – Abonement narxi. To’lov davriga qarab abonement narxini o’zingiz chiqarasiz.

Imtiyoz – talabaga beriladigan imtiyoz bo’lib, qiymati raqamlarda kiritiladi.

Tavsifi – qo’shimcha ma’lumot.

Barcha talabalar uchun abonement ma’lumotlarini kiriting. “Saqlash” tugmachasini bosing.

Saqlangandan so’ng, avtomatik ravishda qarz hisoblanadi. Abonement kiritilgandan so’ng, Amallar ustunida “+” belgisi paydo bo’ldi. Bu belgi yordamida talabalar to’lovini kiritish mumkin.

To’lovni qo’shish 

Talabalar to’lovini qo’shish uchun To’lovlarni yi’gish > To’lov menyusini oching.

Kerakli guruh, oy, yilni tanlab “Izlash” tugmachasini bosing.

Kerakli talaba qatoridagi “+” belsini bosing. Natijada “To’lovni qo’shish” modal oynasi ochiladi.

Joriy sana, talaba to’layotgan to’lov miqdori va to’lov shaklini kiriting. “To’lovlarni yig’ish” tugmachasini bosing.

Natijada: Talaba abonementi qatori ostida yangi qator paydo bo’ldi. Unda to’lov qilingan sana, to’lov shakli, to’lov miqdori, to’lovni qabul qilgan xodim ko’rsatilgan.

Shuningdek, to’lovni qaytarish belgisi ham bor. Bu tugmacha orqali qilingan to’lovni talabaga qaytarishingiz mumkin.

Qarzdorlar.

Qarzdorlar — To’lovlarni yig’ish > Qarzdorlar ni oching.

Bu bo’limda barcha qarzdor talabalar ro’yxati chiqadi. Ularni filiali, guruhi, oyi, yiliga qarab saralab olish mumkin.

Qarzdorlikni shu bo’limning o’zidan yopsa ham bo’ladi.

O'xshash maqolalar