E D U L O G

Tizimni sozlash moduli 8 ta moduldan tashkil topgan –

  • Umumiy sozlamalar
  • Dam olish kunlari
  • To’lov shakli
  • Integratsiya
  • Click bilan integratsiya.
  • OsonSMS.com bilan integratsiya
  • Integratsiya formalari
  • Ruxsat rollari
  • Modullar

Oldingi versiyada til faqat sozlama bo’limidan tanlanar edi. Hamma  shu tanlangan tilda ishlashga majbur edi. Endi foydalanuvchi o’ziga mos tilni tanlay oladi.

 

 

 

Logotipni bosish uchun “Logotipni tahrirlash” tugmachasini bosing. “Logotipni tahrirlash” modal oynasi ochiladi.

O’quv markazingiz logotipini kompyuterda tanlang va modal oyna ustiga sudrab torting. Logotip o’lchami 400×400 px bo’lishi kerak.

Bundan so’ng qalam belgisini bosing.

Mamlakatni tanlash

Sozlama bo’limida mamlakatni tanlash imkoni yaratildi. Kelgusida Tojikiston, Qozoqiston davlatlari bozoriga kirishni rejalashtirayapmiz.

O’quv markazingiz to’g’risidagi ma’lumotlarni kiriting va «Сохранить» tugmachasini bosing.

 

Super Administrator logini va parolini o’zgartirish

Super Admin loginini o’zgartirish uchun yuqorida joylashgan foydalanuvchi rasmiga sichqoncha tugmachasini bosing.

Undan so’ng Mening profilim bo’limini tanlang. Natijada Super Admin profili ochiladi.

 

Tahrirlash belgisini bosing.

Super Adminga oid barcha ma’lumotlarni to’liq kiriting. Xodim IDsiga admin deb yozsangiz ham bo’ladi. Qizil yulduzcha belgisi ostidagi barcha elementlar kiritilishi shart. Login bir marotaba yaratiladi parolni esa istalgancha o’zgartirishingiz mumkin. Barcha ma’lumotlarni kiritib bo’lgach saqlash tugmachasini bosing.

Dam olish kunlari – Sozlama bo’limiga dam olish kunlari bo’limi qo’shildi. Yil bo’yicha qo’shimcha olish kunlarini qo’shib chiqish kerak.

To’lov shakli – hisob-kitobda qo’llaniladigan to’lov shakllaridir. Bir necha to’lov shakli kiritilgan, yana boshqa to’lov shaklini kiritishingiz mumkin.

Integratsiya – sms va to’lov tizimlarini CRM bilan integratsiya qilish imkonini beradi.

OsonSMS.com, play mobile va eskiz bilan integratsiya- Tojikistonda faoliyat yuritadigan OsonSMS sms provayderiga  integratsiya qilindi. OsonSMS Tojikistondagi o’quv markazlar foydalanishlari mumkin. O’zbekiston uchun play mobile hamda eskiz bilan integratsiya qilish imkoniyatlari yaratilgan.

 

Click bilan integratsiya – End o’quvchilar va ota-onalar Uzcard va Humocard yordamida to’lov qilishlari mumkin.

O’quvchi shaxsiy kabinetiga kirib To’lov qilishi kerak bo’lgan guruh yonidagi ushbu tugmachani bosadi.

Bu yerga to’lov miqdorini yozib to’lovni yig’ish tugmasini bosadi.

Ushbu oyna ochiladi clickga ulangan bo’lsa shu orqali ulanmagan bo’lsa karta ma’lumotlarini kiritib to’lovni amalga oshiri mumkin.

Ota-ona profilida ham huddi shu ketma ketlikda to’lov qilinishi mumkin.

Integratsiya formalari – Integratsiya formasini o’z saytingiz, blogingiz, ijtim

oiy tarmoqlar, messenjerlar va h.z. larga o`rnatish mumkin. Bu mijozlarni Edulog CRM ga integratsiya qiishning oson va qulay vositasidir.

Integratsiya formasini yaratish uchun * belgisi qo’yilgan qatorlarni to’ldiring va saqlash tugmasini bosing.

Forma yaratildi endi integratsiya qilish tugmasini bosamiz.

Bu havolani ixtiyoriy saytga joylashtirish mumkin. Havoladan nusxa ko`chiring va uni saytingizga, Telegramga, yoki ijtimoiy tarmoqqa joylashtiring.

Havolaga kirilganda formaning ko’rinishi.

Formani to’ldirgan foydalanuvchi ma’lumoti, Aloqa bo’limiga tushadi.

Ruxsat rollari – foydalanuvchi rollarini belgilaydi. Foydalanuvchi qaysi rolga kirishiga qarab, CRM ning bo’limlariga ruxsat beriladi. Masalan, o’qituvchi roli faqat o’qituvchi ko’rishi kerak bo’lgan ma’lumotlarga ruxsat beradi.

Ruxsat rollari bo’limidan foydalanib, hozirda tizimda mavjud bo’lgan rollarni o’zingizga moslab sozlashingiz mumkin.

Tillar – CRM tilini o’zgartiradi. Hozir CRM ning 3 ta tildagi versiyasi mavjud.

Modullar – CRM ning funksional qismlari. Modullar bo’limi yordamida keraksiz modulni o’chirib qo’yish mumkin.

O'xshash maqolalar