Talaba o’z shaxsiy kabinetiga asosiy sahifadan kiradi. Avtorizatsiya uchun kerakli ma’lumotlar: login va parol o’quv markazi tomonidan beriladi.
Mening profilim – talaba shaxsiy kabinetining asosiy sahifasi, bir necha bo’linmalardan tashkil topgan.
O’quvchi shaxsiy kabinetiga kirib To’lov qilishi kerak bo’lgan guruh yonidagi ushbu tugmachani bosadi.
Bu yerga to’lov miqdorini yozib to’lovni yig’ish tugmasini bosadi.
Ushbu oyna ochiladi clickga ulangan bo’lsa shu orqali ulanmagan bo’lsa karta ma’lumotlarini kiritib to’lovni amalga oshiri mumkin.
To’lovlar – talaba o’z tolovlari haqidagi ma’lumotlarni ko’ra oladi.
Dars jadvali – talabaga haftalik dars jadvali ko’rsatiladi.
Uy vazifasi – talaba o’z guruhidagi uy vazifalarini ko’ra oladi.
Yuklamalar menedjeri – talaba topshiriqlarni, o’quv materiallarini, o’quv rejalarini va boshqa yuklamalarni ko’chirib olishi mumkin.
Davomat – talaba o’zining oylik davomatini ko’ra oladi.
Imtihonlar – talabalar imtihonlar jadvalini va olgan bahosini ko’ra oladi.
Bildirishnoma – talaba unga administrator va o’qituvchilar tomonidan yuborilgan xabarlarni ko’ra oladi.