E D U L O G

Jo’natmalar

moduli 4 bo’limdan iborat –

  • Bildirishnoma
  • Xabarni yuborish
  • Sms jo’natish
  • Sms jurnali

Bu modul yordamida foydalanuvchilarga xabarlar, bildirishnomalar va sms yuborishimiz mumkin.

Xabarni yuborish – Jo’natmalar > Xabarni yuborishni oching.

Sarlavhani, Xabarni, Bildirishnoma sanasini, Nashr etish sanasini kiriting, foydalanuvchi turini tanlang va “Jo’natish”  tugmachasini bosing. Yodda tuting, Bildirishnoma sanasi – bu birdirishnoma yuboriladigan sana, Nashr qilinsin esa – foydalanuvchilar yuborilgan xabarni ko’rishlari mumkin bo’lgan sana.

 

Bildirishnoma  –  Jo’natmalar > Bildirishnomani oching.

Bu bo’limda bildirishnoma yaratish va oldingi yaratilgan birdirishnomalarni ko’rish mumkin.

Sms yuborish.

Avvalo Edulog sms ilovasini yuklab olamiz. Buning uchun, Demo sahifasi ushbu yozuv ustiga bosing. Demo sahifamizga o’tib edulog sms ilovasi rasmini ustiga bosib, Ilovani yuklab olamiz!

 

Ilovani o’rnatamiz.

Ilovani ishlatilishi bilan tanishib chiqamiz:

Mobil tarmoq yoqilgan bo’lishi kerak: Sozlamarga kiramiz.

Bu yerga O’quv markazingiz havolasini kiritasiz:

Masalan: https/edulog.uz/*** Havolaga e’tibor bering site/login/ degan yozuvni kiritmaysiz.

Ilova kiritilgan havolani eslab qoladi, havolani takroran kiritish shart emas.

Ana endi ushbu belgi ustiga bosamiz. Belgidagi qizil rang, yashil rangga o’zgaradi. Sms jo’natish vaqtida mobil tarmoq yoqilgan bo’lishi va ushbu belgi yashil rangda bo’lishi kerak.

Ushbu ilova yuborilgan hamda yuborilmagan smslar sonini ham ko’rsatadi.

 

 

 

Sms jo’natish-

Sms jo’natish bo’limiga kirgan holda, Xabar ta’vsifini yozing, Foydalanuvchilar yoki Guruhni tanlang. Xabar qabul qiluvchilarni belgilab, jo’natish tugmasini bosing.

 

Sms  jurnali-

Sms jurnali bo’limida yuborilgan smslar saqlanadi.

 

Sms belgisi qo’yilgan barcha Bo’limlardan xabar yuborishingiz mumkin. (sms yuborilish vaqtida mobil tarmoq hamda sms ilovasi yoqilgan bo’lishi lozim).

O’quvchi to’lovni amalga oshirgan vaqtda, to’lov qilgan o’quvchi raqamiga to’lov kvitansiyasi avtomatik tarzda yuboriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

O'xshash maqolalar