Imtihonlar moduli 4 bo’limdan iborat –
Dastlab baholash tizimini tayyorlaymiz, so’ng imtihonlar ro’yhatida imtihon yaratamiz, keyin esa imtihonlar jadvalini ishlab chiqamiz, oxirida baho qo’yamiz.
Baholash tizimi – Imtihonlar > Baholash tizimi.
Bal nomini kiriting, necha foizdan, necha foizgachligini ko’rsating va “Saqlash” tugmachasini bosing.
Imtihon nomini kiriting va “Saqlash” tugmachasini bosing. So’nggi kiritilgan imtihonlar sahifa o’ng tomonidan joylashgan. Ularni tahrirlash, o’chirish va statusini ko’rish mumkin.
Imtihonlar jadvali – Imtihonlar > Imtihonlar jadvali ni oching.
Bu bo’lim ikki qismdan iborat:
Imtihon jadvalini qo’shish/ tahrirlash uchun “+Qo’shish” tugmachasini bosing. Imtihon nomini, filialni, guruhni tanlang.
Natijada “Imtihonlar jadvali” bloki paydo bo’ladi. Bu blokda sanani, imtihon boshlanishini va tugallanishini, xona raqamini, maksimal va o’tish ballarini kiriting. “Saqlash” tugmachasini bosing.
Mavjud imtihon jadvalini ko’rish uchun Imtihon > Imtihonlar jadvali ni oching va filialni, guruhni tanlab, “Izlash” tugmachasini bosing. Shundan so’ng imtihonlar jadvali chiqadi.
Ballarni qo’yish – Imtihonlar > Ballarni qo’yish.
Ballarni qo’yish bo’limi ikki qismdan iborat:
Ballarni qo’yish uchun “+Qo’shish” tugmachasini bosing, so’ngra Imtihon nomi, Filial, Guruhni tanlang. Natijada talabalar ro’yhati chiqadi.
Endi siz ularga baho qo’ya olasiz. Oxirida “Saqlash” tugmachasini bosishni unutmang.
Qo’yilgan baholarni ko’rish uchun Imtihon > Ballarni qo’yish ni oching.
Imtihon nomini, Filialni, Guruhni tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing.