E D U L O G

Bu modul 11 bo’limdan iborat —

  • O’quvchilar
  • O’quvchilarni qo’shish
  • Aloqa
  • Sinov darsi
  • Sinov darsidan o’tgan
  • Onlayin dars
  • Sotuv varonkasi
  • Bilim darajasi
  • Ota-ona
  • Avtorizatsiya ma’lumotlari
  • Bitiruvchilar

Bu bo’lim talabalar, ularning ota-onalarini ro’yhatdan o’zkazish imkonini beradi. Shuningdek, talabalarning o’z shaxsiy kabinetlariga kirishi uchun kerak bo’ladigan avtorizatsiya ma’lumotlari ham saqlanadi. Imkoniyatlaridan yana biri, talabalar o’quv markazini bitirganlaridan so’ng ularni o’quvchilar safidan chiqarish mumkin.

Agar o’quv markazingiz korporativ ta’lim berish, ya’ni korxona xodimlarini o’qitish bilan shug’ullansangiz, u holda dastlab Korxona bo’limini ochib kerakli korxona nomini kiriting.

O’quvchini qo’shishO’quvchilar > Korxonalar ni oching.  Korxona nomini kiritib, “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

 O’quvchini qo’shishni oching.  

Asosiy malumotlar qoshing: Filial, Guruhni tanlang, Ismi, Familiyasi, Jinsi, Tugilgan yili, Qabul qilingan yili, Talaba statusini kiriting.

Agar talaba birdaniga bir necha guruhga yozilayotgan bo’lsa, bir necha guruhni tanlang.

Talaba statusi talaba holatini ko’rsatadi. 3 ta status bor: Aloqa, Sinov darsi, Mijoz.

Aloqa” status – talaba ofisingizga keldi yoki telefondan qo’ng’iroq qildi, sizga qiziqish bildirdi. Lekin hali sizda o’qish, o’qimasligi noaniq.

Sinov darsi” statusi – talaba o’quv markazingizdagi guruhga sinov darsiga ro’yhatdan o’tdi.

Mijoz” statusi – talaba sizga o’qish uchun ro’yhatdan o’tmoqda.

Istalgan vaqtda talaba statusini o’zgartirishingiz mumkin. Masalan, talaba o’quv markazingizga tanishish uchun keldi. Siz uni talabalar ro’yhatiga Aloqa statusida ro’yhatdan o’tkazdingiz. Ertasi kuni sinov darsiga kirmoqchi bo’ldi. Siz uni statusini Sinov darsi qilib o’zgartirasiz. Sinov darsidan so’ng sizda o’qishga qaror qildi. Uni statusini “Mijoz” statusiga o’zgartirasiz. Barcha holatlarda talaba bir marta ro’yhatdan o’tkazildi, lekin faqat statusi va guruhi o’zgarmoqda.

Qo’shimcha ma’lumotlarni ham to’ldiring: O’qish tili, Yo’nalish, Bilim darajasi, Darsning boshlanishi, Mashg’ulot kunlari, Biz haqimizda qayerdan bildingiz?, Izoh. Bu ma’lumotlar majburiy emas.

Talaba rasmini joylashtiring. Talaba ota-onasi haqidagi ma’lumotlarini kiriting.

Ota-onadan bittasini Agar ota-ona deyilgan joyda tanlang va yetishmayotgan ma’lumotni kiriting.

Agar talabaning manzili yoki hujjatlarini kiritish kerak bolsa, “Koproq malumotlar qoshishtugmachasini bosing. 

Eng oxirida “Saqlash” tugmachasini bosing.

Asosiy ma’lumotlar to’g’ri kiritilgan bo’lsa, talaba ro’yhatdan o’tadi va Talabalar sahifasi ochiladi. Ma’lumotlar xato kiritilganda, xato maydonlar qizil rangda bo’lib, bu haqida xabar beriladi. Malumotlarni qayta kiritib, saqlang.

O’quvchilar> O’quvchilar ni oching.  

Aniq bir guruh talabalarini ko’rish uchun filialni, guruhni tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing. Natijada filialning shu guruhida o’qiydigan talabalar ro’yhatiga ega bo’lasiz. Shuningdek talabani ismi bo’yicha ham topishingiz mumkin. Izlash natijasida talabalar ro’yhati chiqadi.

Har bir talaba uchun “Amallar” ustunida 2 ta tugmacha mavjud: Safdan chiqarish, Tahrirlash.

Talaba profilini ochish uchun uning ismiga bosing. Talaba profili sahifasi talabaga oid barcha ma’lumotlarni ko’rsatadi.

Profil sahifasi talabaning asosiy ma’lumotlari, manzili, ota-onasining ma’lumotlari, to’lov ma’lumotlari, imtihon ma’lumotlari, talabaga oid hujjatlardan tarkib topgan. Sahifa yuqori o’ng tomonidagi maxsus tugmachalar yordamida talaba va uning ota-onasining avtorizatsiya ma’lumotlarini ko’rishingiz mumkin.

O’quvchi o’quv markazingizda o’qishni tamomlagandan so’ng, siz uni o’quvchilar safidan chiqarishingiz kerak.

Buning uchun sahifa o’ng tomoni yuqori qismidagi qizil rangdagi belgini bosing. Bu amal talabani o’quvchilar safidan chiqaradi. O’quvchilar safidan chiqarilgan talabani umuman o’chirib tashlash mumkin.

Ehtiyot bo’ling! O’quvchi o’chirilgandan so’ng, uning ma’lumotlarini tiklab bo’lmaydi.

O’quvchilar > Aloqa ni oching. Bu sahifada hali guruhga biriktirilmagan talabalar ro’yhati ko’rsatiladi.

Bu bo’limda guruhsiz talabalarni filial, yo’nalish bo’yicha saralash mumkin.

Ota-onaO’quvchilar > Ota-ona ni oching. Bu sahifada ota-onalar haqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.

Avtorizatsiya ma’lumotlari  — O’quvchilar > Avtorizatsiya ma’lumotlari ni oching. Bu sahifada talabaning o’z shaxsiy kabinetiga kirishda foydalaniladigan login va paroli haqidagi ma’lumotlar saqlanadi.

Safdan chiqarilgan O’quvchilar

O’quvchilar > Bitiruvchilar ni oching. Bu sahifada safdan chiqarilgan talabalar ro’yhati joylashgan. Kerakli vaqtda ularni o’qishga qayta tiklash mumkin.

O'xshash maqolalar