E D U L O G

Kadrlar bo’limi moduli 8 ta bo’limdan iborat –

  • Xodimlar
  • Xodimlar davomati
  • Xodimlar davomati hisoboti
  • Ish-haqi
  • Ish-haqi hisoboti
  • Bo’lim
  • Lavozim
  • Bo’shagan xodimlar

Kadrlar bo’limi modulida o’quv markazida ishlovchi barcha xodimlarni boshqaramiz. Kadrlarga o’qituvchidan tortib administratorgacha kiradi. Dastlab Bo’limni, Lavozimni, keyin Xodimlarni qo’shib chiqamiz, so’ngra xodimlar davomatini ro’yhatdan o’tkazib boramiz, xodimlarga ish haqi chiqaramiz.

Bo’lim – Kadrlar bo’limi > Bo’lim ni oching.

Bo’lim nomini kiriting va “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

Lavozim – Kadrlar bo’limi > Lavozim ni oching.

Lavozim nomini kiriting va “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

Xodimlar – Kadrlar bo’limi > Xodimlar ni oching.

Bu yerda barcha xodimlar ro’yhatini ko’rish mumkin. Xodimlarni roli bo’yicha yoki kalit so’z yordamida topishingiz mumkin.

 

 

Xodimga oid ma’lumotlarni tahrirlash uchun “Tahrirlash” tugmachasini bosing, xodim profilini ochish uchun uning ismiga bosing. Xodim ismiga sichqoncha tugmachasini bossangiz, xodim profili  ochiladi. Xodim profili xodim to’g’risida to’liq ma’lumotni beradi: umumiy ma’lumotlar, ish haqi, davomat, hujjatlar, xronologiya. Bundan tashqari o’ng tomonning yuqori qismida maxsus belgichalar bor: Tahrirlash, Parolni o’zgartirish, O’chirish. Ishdan bo’shagan xodimni o’chirib qo’ying, undan keyin xodim o’z shaxsiy kabinetiga kira olmaydi va xodimlar ro’yhatidan o’chib ketadi.

 

 

Yangi xodimni qo’shish uchun “+Xodimni qo’shish” tugmachasini bosing. Xodimning ma’lumotlarini kiriting va “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

Xodimlar davomati  –  Kadrlar bo’limi > Xodimlar davomati ni oching.

Bu bo’lim xodimlar davomatini yuritish uchun mo’ljallangan. Rolni, sanani tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing.  Xodimlar ro’yhati paydo bo’ladi, har bir xodim uchun Ishtirok etmoqda/ Qatnashmayapti holatlaridan birini tanlang va “Saqlash” tugmachasini bosing. Bayram kunini belgilash uchun shu nomdagi tugmachani bosing va “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

Xodimlar davomati hisoboti – Kadrlar bo’limi > Xodimlar  davomati hisoboti ni oching.

Bu bo’lim xodimlar davomitining hisobotini ko’rsatadi.

 

Ish haqi – Kadrlar bo’limi > Ish haqi.

Bu bo’lim xodimlarning oylik ish haqini hisoblaydi.

Этот раздел вычисляет месячную заработную плату сотрудников. Rolni, Oyni, Yilni tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing. Natijada ish haqi holati ko’rsatilgan xodimlar ro’yhati chiqadi.

Ish haqi 3 holatga ega:

  • Yaratilmagan,
  • Yaratilgan ,
  • To’langan.

Holatlarga bog’liq holda Amallar ustunida har xil tugmachalar chiqadi.  Agar holat “Yaratilmagan”  bo’lsa, tugmacha nomi “Ish haqi yaratish” bo’ladi. Agar holat “Yaratilgan” bo’lsa, tugmacha “Ish haqini to’lash” bo’ladi. Agar holat “To’langan” bo’lsa, tugmacha “Hisob-kitob varaqasini ko’rish bo’ladi”. Agar holat “Yaratilgan” yoki “To’langan” bo’lsa, siz amallarni bekor qilib oldinga holatga qaytishingiz mumkin.

Endi “Ish haqini yaratish” tugmachasini bosing, xodimga ish haqi hisoblash uchun uning sahifasi ochiladi.

Bu sahifada xodimning asosiy ma’lumotlari, uning davomati mavjud.

Talabalar bloki o’qituvchining guruhlari, o’tgan dars soni, ulargan tushgan to’lovni ko’rsatadi.

“Ish-haqi” blokida Jami nomli maydonda o’qituvchi dars o’tgan guruh o’quvchilar soniga dars narxi ko’paytmasi avtomatik ravishda hisoblab chiqarilgan. Bu maydon xodim roli o’qituvchi bo’lgandagina hisoblanadi, boshqa hollarda nolga teng. “Qo’shimcha to’lov” blokida xodim uchun mukofot yoki shunga o’xshash qo’shimcha to’lov mavjud bo’lsa kiriting. “Ajratish” blokida xodim ish-haqidan ushlab qolinishi kerak bo’lgan ma’lumotlarni kiriting. Sahifadagi davomatdan foydalanishni unutmang. Undan so’ng “Ish-haqi” blokida foiz, soliq kabi ma’lumotlarni kiritib, “Hisoblash” tugmachasini bosing. Natijada ish-haqi hisoblanadi. Natija sizni qanoatlantirsa, “Saqlash” tugmachasini bosing va saqlab qo’ying.

 

Endi yana bir bora “Ish haqi” sahifasini oching, xodimning joriy oy uchun hisoblangan ish-haqi holatini tekshirib ko’ring. Bu holat “Yaratilgan” bo’lishi, tugmacha esa ”To’lovni amalga oshirish” so’ziga almashgan bo’lishi kerak. Bu tugmachani bosing, “To’lovni amalga oshirish” modal oynasi ochiladi. To’lov formasini to’ldirib chiqing va “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

 

Endi yana bir marta “Ish haqi” sahifasini oching, holatni tekshirib ko’ring. Holat “To’langan”, tugmacha esa “Hisob varaqasini ko’rish” ga almashgan. Hisob varaqasini ko’rish va uni chop etish uchun “Hisob varaqasini ko’rish” tugmachasini bosing.

 

 

Ish haqi hisoboti – Kadrlar bo’limi > Ish haqi hisoboti ni bosing.

Bu sahifada ish haqi hisobotini ko’rishingiz mumkin.

 

 

Ishdan bo’shagan xodimlar – Kadrlar bo’limi > Ishdan bo’shagan xodimlar ni oching.

Bu bo’limda ishdan bo’shagan xodimlar ro’yhati joylashgan. Xodimni ishga qayta tiklash uchun uning ismini bosib, profilini oching. Profilning o’ng tomonidagi yuqori qismida bir necha tugmachalar mavjud bo’lib, ular yordamida xodimni o’chirishingiz, ishga tiklashingiz, tahrirlashingiz hamda parolini o’zgartirishingiz mumkin.

O'xshash maqolalar