E D U L O G

Bu modul 9 bo’limdan iborat —

  • Ota-onalar to’g’risida ma’lumot
  • Barcha talabalar
  • Kirim chiqim hisobi
  • Talabalar davomati
  • Imtihonlar bo’yicha hisobot
  • Ish-haqi hisoboti
  • Xodimlar davomati
  • Baho bo’yicha hisobot
  • Foydalanuvchi hisoboti

 

Bu modul boshqa modullar bo’yicha hisobotlardan tashkil topgan. Shuning uchun, agar biror hisobotni ko’rayotganingizda boshqa modulga o’tib ketsangiz, bunga ajablanmang.

Ota-onalar to’g’risida ma’lumot – Hisobotlar > Ota-onalar to’g’risida ma’lumot ni oching.

Bu sahifada talabalar ota-onalari ro’yxati chiqadi.

Barcha talabalar – Hisobotlar > Barcha talabalar ni oching.  

Bu sahifa talabalar ro’yxatini ko’rsatadi va uni PDF formatida yuklab olishingiz mumkin.

Kirim chiqim hisobi – Hisobotlar > Kirim chiqim hisobi ni oching.

Bu bo’limda muayyan davr uchun daromat, chiqim va o’quvchilardan yig’ilgan to’lovlar ko’rsatiladi. Masalan 01.09.2019 dan 31.07.2020 gacha davr mobaynida talabalar tomonidan qancha to’lov kiritilgan.

Bunda to’lov kiritilgan sana, o’quvchi, to’lov turi, qancha to’laganligi va bu ma’lumotni qaysi xodim kiritganligi ko’rsatiladi.

Mazkur jadvalni Excel yoki boshqa format ko’rinishida yuklab olishingiz mumkin.

 

Talabalar davomati – Hisobotlar > Talabalar davomati ni oching.

Bu bo’lim biror guruh talabalarining oy kesimi bo’yicha davomatini ko’rsatadi.

Imtihonlar bo’yicha hisobot – Hisobotlar > Imtihonlar bo’yicha hisobot ni oching.

Bu bo’lim imtihon natijalarini ko’rsatadi.

Ish-haqi hisoboti – Hisobotlar  > Ish-haqi hisoboti ni oching.

Bu bo’lim oylik ish-haqi hisobotini ko’rsatadi.

 

Xodimlar davomati – Hisobotlar > Xodimlar davomati ni oching.

Bu bo’lim xodimlar davomati hisobotini ko’rsatadi.

Baho bo’yicha hisobot – Hisobotlar > Baho bo’yicha hisobot ni oching.

Bu bo’lim talabalarning uy vazifasiiga qo’yilgan baholarni ko’rsatadi.

Foydalanuvchi jurnali – Hisobotlar  > Foydalanuvchi hisoboti ni oching.

Tizimga kirib ishlayotgan har bir foydalanuvchi yozib boriladi va kerakli ma’lumotlar to’planadi. Bu quyidagi ma’lumotar – Kim, Qachon tizimga kirdi, Qaysi vaqtda, Qaysi IP manzil bo’yicha, Qaysi brauzer yordamida.

O'xshash maqolalar