E D U L O G

Talabalar moduli 7 bo’limdan tashkil topgan —

  • Talabalar
  • Talabani qo’shish
  • Guruhsiz talabalar
  • Korxonalar
  • Ota-onalar
  • Avtorizatsiya ma’lumotlari
  • Safdan chiqarilgan talabalar

Bu modul bizga talabalar, ularning ota-onalarini qo’shish imkonini beradi. Talabalar o’z shaxsiy kabinetiga kirishi uchun ularga avtorizatsiya ma’lumotlarini berishimiz mumkin. Shuningdek, o’quvchilar o’quv markazini bitirib ketishganda ularni o’quvchilar safidan chiqaramiz.

Talabani qo’shish – Talabalar > Talabani qo’shish ni oching.

Talabaning asosiy ma’lumotlarini qiriting: Qabul qilinganlik raqami, Filial, Guruhlarni tanlang, Ismi,  Jinsi, Tug’ilgan sanasi, Telefon nomeri, Emaili, Talaba statusi, Qabul qilinganlik sanas kabi asosiy ma’lumotlarni kiriting. Shuningdek, talaba qaysi tilda dars o’tmoqchi, talabaning bilim darajasi, o’qish uchun qulay kunlar, talaba o’quv markaz haqida qayerdan bildi – singari ma’lumotlarni ham kiriting.

Talaba statusi – Mijoz, Aloqa, Sinov. Bu nimani anglatadi?

Masalan, talabani ro’yhatdan o’tkazishda uning guruhi noma’lum bo’lsa, «Заинтесованные студенты» nomli guruhni ko’rsating hamda statusiga «Kontakt» deb belgilang.

Agar talaba qaysidir guruhga tekin sinov darsiga ro’yhatdan o’tadigan bo’lsa, uning statusi «Sinov» deb belgilan.

 

Talabaning ota-onasi haqida ham ma’lumot kiriting va ulardan birini “Agar ota-ona” degan joyda tanlang. Chunki ota-onada faqat bittasi uchun shaxsiy kabinet yaratiladi.

Talaba manzilini kiritmoqchi bo’lsangiz, “Ko’proq ma’lumotlar qo’shish” tugmachasini bosing.  Natijada siz fayllarni ham yuklab qo’yishingiz mumkin. So’nggida “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

Добавить студента

 

Talabalar – Talabalar > Talabalar ni oching.

Filial, guruhni tanlang va “Izlash” tugmachasini bosing. Shunda siz filialning bu guruhida o’quvchi talabalar ro’yhatini hosil qilasiz. Shu bilan birga siz talabalarni so’z kiritib ham izlashingiz mumkin. Izlash natijasida talabalar ro’yhatiga ega bo’lasiz.

 

Студенты

 

Jadvalning “Amallar” ustunida Safdan chiqarish, Tahrirlash, To’lovni qo’shish tugmachalari mavjud. Talaba profilini ochish uchun uning ismini bosing. Talaba profili talabaga oid barcha ma’lumotlarni ko’rsatadi. Undagi ma’lumotlar: umumiy ma’lumotlar, to’lov, davomat, imtihon, yuklangan hujjatlar, xronologiya. Profilning o’zidan talabaning avtorizatsiya ma’lumotlarini bilishingiz mumkin. Talaba o’quv markazini bitirgandan so’ng uni o’quvchilar safidan chiqarish kerak. O’quvchilar safidan chiqarilgan talabani tizimdan o’chirsa bo’ladi.

Ehtiyot bo’ling! Talabani o’chirsangiz unga taaluqli barcha ma’lumotlar o’chib ketadi, ma’lumotlarni tiklab bo’lmaydi.

 

Профиль студента

 

Guruhsiz talabalar – Talabalar > Guruhsiz talabalar bo’limini oching.

Bu sahifada aloqa statusiga ega guruhlar ro’yhati joylashgan. Qandaysiz sabablarga ko’ra, siz o’quvchini ro’yhatdan o’tkazgansiz, lekin unga hali guruh biriktirilmagan. Hohlagan vaqtda talabani qaysidir guruhga biriktirishingiz mumkin.

 

студенты без групп

Korxonalar — Talabalar > Korxonalar.

Agar o’quv markazingiz korporativ ta’lim bilan shug’ullanadigan bo’lsa, bu bo’lim siz uchun yaratilgan. Oldin siz ta’lim beradigan xodimlar korxonasini qo’shing, So’ngra talabani o’quvchilar safiga qo’shishda korxonani ko’rsating.

 

Компании

Ota-ona – Talabalar > Ota-ona ni oching.

Bu sahifada ota-onalar haqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.

 

Родители

 

Avtorizatsiya ma’lumotlari – Talabalar > Avtorizatsiya ma’lumotlari ni oching.

Bu sahifada talabaning logini va paroli haqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Bu ma’lumotlar talabalarga o’z shaxsiy kabinetlariga kirish uchun kerak.

 

Учетные данные

 

Safdan chiqqan talabalar – Talabalar >  Safdan chiqqan talabalar.

Bu sahifa safdan chiqarilgan talabalar ro’yhatini ko’rsatadi. Ularni o’qishga qayta tiklash mumkin.

Unutmang! O’quvchi o’quv markazingizda o’qishni tamomlagandan so’ng uni safdan chiqaring.

 

 

O'xshash maqolalar