E D U L O G

Bu modul 3 bo’limdan iborat —

  • Daromadni qo’shish
  • Daromadni izlash
  • Daromad kategoriyalari

Dastlab daromad kategoriyalari yaratiladi, song kunlik / oylik daromadlar qoshib boriladi. Daromad shakllantirilgandan keyin kerakli davr uchun daromadlarni korishimiz mumkin.

Daromad kategoriyasi  Daromad > Daromad kategoriyasi ni oching.

Daromad kategoriyasi nomi va tavsifini kiriting, “Saqlash” tugmachasini bosing. Barcha daromad kategoriyalari sahifa o’ng tomonida joylashgan. Kerak bo’lganda ularni o’chirish, o’zgartirish mumkin.

Daromad qo’shish — Daromad > Daromad qo’shish ni oching,  Daromad kategoriyasini tanlang, Daromad nomini, Shartnoma raqamini, Sanasini, Narxini, To’lov shaklini kiriting. Agar hujjatni ilova qilish lozim bo’lsa, shu hujjatni biriktiring. Tavsifni kiriting va “Saqlash” tugmachasini bosing. Sahifa o’ng tomonida so’nggi qo’shilgan daromadlar ro’yhati keltirilgan. Siz ma’lumotlarni PDF formatida yuklab olishingiz, printerda chop etishingiz mumkin.

 

 

Daromadni izlash —   Daromad > Daromadni izlash ni oching. Bu sahifada muayyan davr oralig’idagi daromadlarni izlazh mumkin. Kerakli sanalarni tanlang, “Izlash” tugmachasini bosing. Izlangan davrdagi daromadlar ro’yhati chiqadi.

O'xshash maqolalar