E D U L O G

Tizimni sozlash moduli 8 ta moduldan tashkil topgan –

  • Umumiy sozlamalar
  • Bildirishnomani sozlash
  • Emailni sozlash
  • To’lov shakli
  • Ruxsat rollari
  • Tillar
  • Foydalanuvchilar
  • Modullar

Umumiy sozlamalar – Tizimni sozlash > Umumiy sozlamalar ni oching.

Bu bo’lim ikki qismdan iborat:

  1. Ta’lim muassasi logotipini o’zgartirish
  2. Ta’lim muassasi ma’lumotlarini yangilash

 

 

O’quv markazi haqidagi ma’lumotlarni yangilash uchun “Sozlamalarni tahrirlash” tugmachasi (sahifaning yuqori o’ng qismidagi qalamcha belgisi) ni bosing.

So’nggi sahifada o’quv markazi nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, o’quv markazi kodi(agar bo’lsa litsenziya nomeri), sessiyani (o’quv yili), sessiyaning boshlanish yili (qaysi oydan boshlab CRM da ishlaysiz), o’qituvchining chegaralangan rejimini tahrirlang. Agar “O’qituvchining chegaralangan rejimi” yoqilgan bo’lsa, o’qituvchilar faqat o’zining guruhidagi o’quvchilar haqidagi ma’lumotlarni ko’ra olishadi. Boshqa guruhdagi o’quvchilar ular uchun ko’rinmaydi.

Til, vaqt zonasi, sana formati, valyuta (ISO standarti bo’yicha valyutaning uch belgili kodi), valyuta belgisi va kunlar bo’yicha to’lovni tahrirlang va “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

Logotipni o’zgartirish uchun Tizimni sozlash > Umumiy sozlamalar ni oching.

Logotip blokida “Logotipni tahrirlash” tugmachasini bosing. Endi logotipning kerakli faylini tanlab yuklang. Logotipga barcha tomonlari teng, aniqrog’I 400x400px o’lchamdagi, jpeg yoki jpg formatdagi faylni yuklaganingiz ma’qul.

Bildirishnomani sozlash – Tizimni sozlash > Bildirishnomani sozlash ni oching.

Edulogda 5 hodisa bo’yicha bildirishnoma ishlaydi: student qabul qilinganda, imtihon natijalari to’g’risida, to’lovlar qilinganda, talaba darsga kelmasa va shaxsiy kabinetga kirilganda. Bildirishnoma kerakli shaxsning email manziliga avtomatik ravishda yuboriladi. Hozircha SMS bildirishnoma mavjud emas. Bildirishnomani email orqali jo’natilishini nazoratga olish uchun “Bildirishnomani sozlash” parametrlaridan foydalaniladi.

Har xil hodisalarda quyidagi foydalanuvchilar bildirishnoma olishadi –

Talaba qabul qilinganda: Ota-ona

Imtihon natijalari chiqqanda: Talaba

To’lov qilinganda: Ota-ona

Talaba dars qoldirganda: Ota-ona

Shaxsiy kabinetga kirilganda: Talaba, Ota -ona, O’qituvchi, Buxgalter,

 

 

Emailni sozlash – Tizimni sozlash > Emailni sozlash ni oching.

Edulogdan elektron xatlarni yuborish uchun email parametrlarini sozlab olish kerak. Emailni yuborish uchun hozirgi vaqtda 2 ta usuldan foydalaniladi: SendMail va SMTP.

Emailni SendMail dasturi yordamida yuborish uchun SendMail usulini tanlang.

Lekin ko’p hollarda SMTP usulidan foydalaniladi. Bu usul yordamida siz Gmail, Yandex xizmatlari yordamida elektron xatlarni yubora olasiz.

SMTP server, SMTP login, SMTP parol, SMTP port, SMTP shifrlashni kiriting, so’ngra “Saqlash” tugmachasini bosing.

 

Ruxsat rollari – Tizimni sozlash > Ruxsat rollari ni oching.

Bu yerda biz xodimlar uchun bir necha ruxsat rollari yaratishimiz va bu rollar uchun har xil huquqlar belgilashimiz mumkin. Yangi rol yaratish uchun Rol nomini kiriting, so’ngra “Saqlash” tugmachasini bosing. Barcha mavjud rollarni bu sahifaning o’ng tomonida ko’rish mumkin.

Standart holatda Edulogda 4 ta foydalanuvchi rollari mavjud:

  • SuperAdmin,
  • Administrator,
  • O’qituvchi,
  • Buxgalter.

Siz SuperAdmin rolidan tashqari barcha rollarning nomini, huquqini o’zgartirishingiz mumkin. Ruxsatni belgilash uchun “Amallar” ustunidan “Ruxsatni belgilash” tugmachasini bosing. Bu sahifada siz har xil modullarni va ruxsatlarni ko’rasiz. Rolga ruxsatni aql bilan belgilang. Ruxsatni belgilagandan so’ng, u tizimda qayerda amal qilishini tekshirib ko’ring.

Ruxsatning 4 turi mavjud:

  • ko’rish,
  • qo’shish,
  • tahrirlash,
  • o’chirish.

Shu narsaga e’tibor bering, siz qaysidir bir amalga o’chirish yoki tahrirlash ruxsatini bersangiz, unda ko’rish ruxsatini ham berishingiz kerak. Agar ko’rib bo’lmasa, u qanday o’chiriladi? Shuning uchun, qo’shish/ tahrirlas/ o’chirishga ruxsat bersangiz, ko’rishga ham ruxsat berishni unutmang.

 

 

Tillar – Tizimni sozlash > Tillar ni oching.

Edulog – ko’p tilli boshqarish tizimi. Hozirgi versiyada 3 til mavjud: Ingliz, Rus va O’zbek tillari.

Foydalanuvchilar – Tizimni sozlash > Foydalanuvchilar ni oching.

Bu yerda siz registratsiyadan o’tgan barcha foydalanuvchilarni ko’rasiz: talabalar, o’qituchilar,  ota – onalar. Agar biror bir foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga kirishini hohlamasangiz uni shu bo’limda o’chirib qo’yasiz.  Foydalanuvchini o’chirmoqchi bo’lsangiz, “Amallar” ustunidagi belgilardan foydalaning.

 

 

Modullar – Tizimni sozlash > Modullar ni oching.

Edulogning hozirgi versiyasida 14 ta modullar mavjud, shulardan 10 tasini o’chirib yoki yoqib qo’yish mumkin.

Agar biror modulni o’chirib qo’ysangiz, u holda boshqa foydalanuvchilarda ham bu modul o’chadi. Modulni o’chirib/ yo’qib qo’yish  uchun “Amallar” ustunidagi asboblardan foydalaning.

 

 

O'xshash maqolalar