E D U L O G

21 dekabr 2021 yil kuni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida “Startap Tashabbuslari” qo’llab-quvvatlash dasturining 5-chi davrida go’lib chiqqan 40 ta startap-loyihalarning taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. G’oliblarga sertifikat, kovorking markazi uchun 5 000 000 so’mlik deposit hamda 50 000 000 so’m maqsadli grant ajratildi.

“Netson” IT-korxonasi jamoasi ham mazkur dasturda “Edulog CRM” loyihasi bilan ishtirok etdi hamda g’oliblar qatoridan joy oldi.

“Startap Tashabbuslari” dasturi 5-chi davri 2020 yil 20 sentabrda boshlandi. O’zbekiston bo’yicha 905 ta ariza kelib tushdi. Toshkent va Toshkent viloyatidan 253 ta.

Dastur 5 bosqichdan tashkil topgan bo’lib, 3 bosqich akselleratsiya dasturidir. Bunda biriktirilgan mentorlar tomonidan Lean Startup uslubida onlayn dars o’tildi. Har bir dars boyicha topshiriqlar berildi. Ekspertlar bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Jamoalar biznesiga yaqin turdagi biznes egalari bilan uchrashib, kerakli maslahatlarni olishdi.

Ekspertlar Edulog CRM biznes modelini o’zgartirishni maslahat berishdi. Shundan kelib chiqib, Edulog ta’rif rejalarida to’lov yillik emas, balki oylikka o’zgartirildi.

Umuman, akselleratsiya davomida startaplar uchun kerakli bilimlar berildi va amaliyot bilan mustahkamlandi.

“Startap Tashabbuslari” qo’llab-quvvatlash dasturi jamoasiga Netson XK o’z minnatdorchiligini bildiradi.

x

 

O'xshash maqolalar