E D U L O G

Tanishing Edulog CRM 6.0 versiyasi yaratildi.

  1. “SMS jo’natma” yaratildi. Xodimlar, o’quvchilar va ota-onalarga sms yuborish mumkin. Buning uchun dastlab Demo sahifasidan Edulog SMS android mobil ilovasini o’z telefoningizga o’rnatib olasiz. Sozlaysiz.

Barcha SMS SIM kartangiz tarifi bo’yicha narxlanadi. Masalan, Beeline kompaniyasining Oson 1 tarifi bo’yicha SMS narxi –  1 so’m.

“Jo’natmalar” bo’limi ichida 2 ta yangi bo’lim qo’shildi: SMS jo’natish, SMS jurnali.

SMS jo’natish bo’limida bir vaqtning o’zida bir qancha foydalanuvchilarga SMS yuborish mumkin.

 

SMS jurnalida yuborilgan SMS va ularning holati haqida ma’lumot olish mumkin.

2. Asosiy sahifada tug’ilgan kun vidjetidagi o’quvchi va xodimlarga SMS tabrigini yuborish mumkin.

3. O’quvchilar, guruhsiz o’quvchilar, Sinov darsi, Sinov darsidan o’tgan, Onlayn dars, Ota-ona bo’limlarida ham o’zgarishlar bo’ldi:

4. O’quvchilar ro’yhatida  ID raqam olib tashlandi, SMS jo’natish belgisi joylashtirildi.

O’quvchi profilida SMS jo’natish belgisi qo’shildi.

SMS jo’natish tugmachasini bosilganda, ekranga modal oynachiqadi.

Xabarni kiritib, “Jo’natish” tugmachasi bosilganda, mazkur o’quvchiga xabar jo’natiladi.

5. O’quvchilar bo’limidagi “Safdan chiqarilgan talabalar” so’zi “Bitiruvchi” ga almashtirildi.

 

6. “Daromad” bo’limi “Qo’shimcha daromad” ga o’zgartirildi.

7.  Xodimlar bo’limida ham o’zgarishlar bor. SMS jo’natish tugmachasi qo’shildi. Xodim profiliga kirmasdan sms yuborish mumkin. Xodim qo’shishda email bekor qilindi, o’rniga login qo’shildi.

8. Ish haqi bo’limida o’qituvchiga oylik chiqarishda, guruhdagi o’quvchilar soni ham ko’rsatiladi.

9. Edulog CRM ni sayt bilan integratsiyasi yaratildi. O’z saytingiz, ijtimoiy tarmoq, Telegram orqali o’quvchilarni CRM ga qo’shishingiz mumkin.

“Tizimni sozlash” bo’limi ichida “Integratsiya formalari” bo’limini tanlaysiz.

 

Forma yaratasiz. Yaratilgan forma havolasini sayt, ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlarga joylashtirasiz. Forma havolasini bosgan foydalanuvchi forma oynasiga o’tadi hamda ma’lumotlarni to’ldirib yuboradi.

Natijada Edulog CRM da bu foydalanuvchi ma’lumotlari paydo bo’ladi.

10. O’quvchilarni Excel fayldan CRM ga import qilish. 

Endi excel faylidagi o’quvchilar ro’yhatini CRM ga import qilish mumkin. O’quvchilar bo’limda maxsus “O’quvchini import qilish” tugmachasi qo’shildi.

Bu tugmacha bosilganda,  O’quvchini import qilish sahifasi ochiladi.

Dastlab namuna faylini ko’chirib oling. Bu faylga o’quvchilar haqida ma’lumotlarni kiritasiz. Fayl tayyor bo’lgandan so’ng, filialni tanlab, faylni yuklaysiz.

So’ngra “Import qilish” tugmachasini bosasiz. Natijada excel faylidagi o’quvchilar CRM ga import bo’ladi.

Kelgusida Edulog CRM ni takomillashtirish uchun ko’plab rejalarimiz bisyor.

 

O'xshash maqolalar