Tizim uchun yaratilgan asosiy o’zgarishlar:
O’zbek tili versiyasi
CRMda umumiy tillar soni yana bittaga ko’paydi, o’zbek tili versiyasi ham qo’shildi.
Talabalarni bir necha guruhlarga biriktirish mumkin
O’quv yurtlari uchun abiturient tayyorlaydigan o’quv markazlari endi o’quvchilar bir necha guruhlarga biriktirishlari mumkin. Masalan: bir o’quvchini kimyo, biologiya, ingliz tili guruhlari yozib qo’yish imkoni paydo bo’ldi.
Android uchun mobil ilova
Android uchun mobil ilova ishlashini namoyish qilish uchun ilova yaratildi. Ilovani telefoningizga yuklab oling va o’rnating. Ilova yordamida shaxsiy kabinetga kirishda foydalanuvchilarning login va parolidan foydalaning.
Eslatma: har bir o’quv markazi uchun alohida ikki turdagi ilova yaratiladi.
Interaktiv kalendar
Tadbirlar kalendari o’zgartirildi. Endi mashg’ulotlar jadvali bilish uchun asosiy sahifa ochilishi kifoya. Shuningden, kalendar belgilangan tadbirlarni va topshiriqni ham ko’rsatadi.
Davomat uchun yangi optsiyalar
Davomatni tekshirish o’zgartirildi. Davomat tekshirilayotganda oq’uvchining qarzi bor, yo’qligini bilish mumkin. O’quvchining darsdagi holati: Ishtirok etmoqda, Sababsiz qoldirdi, Sababli qoldirdi.
Agar o’quvchi darsni sababli qoldirgan bo’lsa, o’qituvchiga shu o’quvchi hisobidan ish haqi yozilmaydi. Agar sababsiz qoldirgan bo’lsa yoziladi.
Topshiriqlar menedjeri
Topshiriqlar menedjeri – o’quv markazi rahbari uchun foydali asbobdir. Rahbar bir necha klik bilan xodimlarga topshiriq bera oladi va topshiriqning bajarilishini nazorat qila oladi. Xodimlar topshiriq bajarib bo’lishganlaridan keyin, topshiriq yoniga matn ko’rinishida xabar yoki faylni biriktirib qo’yishlari hamda topshiriqni yopishlari mumkin. Topshiriq menedjeri topshiriqni bajarishga ketgan vaqtni hisoblaydi va holatini ko’rsatib turadi. Ish jarayoni osonlashadi, bir muncha tartibga keladi.
Natijada: yig’ilish uchun qimmatbaho vaqt sarflanmaydi, muhokama kam vaqtni oladi.
Bizning jamoamiz o’quv markazlari uchun mo’ljallangan Edulog CRM tizimini mukammallashtirish ustida ishlab kelmoqda. Kelgusi maqsadimiz: SMS – xabarnoma, Rest API, boshqa tizimlarga ulanish va boshqalar.
10 noyabr 2019 yil.
“Netson” kompaniyasi