E D U L O G

Edulogga yangi funksiya qo’shildi. O’quvchilarni muzlatish.

O’quvchi vaqtinchalik sababli darsga qatnasha olmasa, uni muzlatib qo’yishingiz mumkin. Keyin yana darsga qatnashni boshlaydigan bo’lsa tiklashingiz mumkin.

Faqat mijoz statusidagi o’quvchilarni muzlatish mumkin.

O’quvchilarni muzlatish.

Buning uchun menyu bo’limidan O’quvchilar > O’quvchilarni tanlang:

O’quvchilar ro’yhatida kerakli o’quvchi qatoridagi Amallar bo’limida joylashgan maxsus “Muzlatish” belgisini bosing. Natijada modal oyna chiqadi.

Modal oynada muzlatish sanasini belgilang va “Muzlatish” tugmachasini bosing.

Muzlatilgan o’quvchi menyu qatoridagi O’quvchilar > Muzlatilgan o’quvchilar bo’limiga tushdi.

 

O’quvchini o’qishga tiklash

Menyu qatoridan O’quvchilar > Muzlatilgan o’quvchilar bo’limini tanlang.

Kerakli o’quvchining Amallar ustunidagi maxsus “Tiklash” belgisini bosing. Natijada modal oyna chiqadi.

Modal oynada tiklash sanasini belgilang va “Tiklash” tugmachasini bosing.

Tiklangan oq’uvchi O’quvchilar bo’limiga tushadi.

 

O’qituvchilar oyligini hisoblash

Oylik hisoblashda quyidagi o’zgarish qilindi. Guruh tarifikatsiyasi oylik tanlangan bo’lsa, o’qituvchiga oylik hisoblashda o’quvchi to’lashi kerak bo’lgan summa ko’rsatiladi. Oldin o’quvchining davomatiga bog’langan edi. Agar guruh tarifikatsiyasi darsbay bo’lsa, unda o’quvchi davomatiga qarab oylik chiqaradi.

 

 

O'xshash maqolalar