E D U L O G

Edulog CRM da o’quv markazlarni boshqarish yangi bosqichga chiqdi. Ko’plab o’quv markaz rahbarlari takliflarini o’rganib chiqib, bir qancha yangiliklar kiritdik.

Click bilan integratsiya.

End o’quvchilar va ota-onalar Uzcard va Humocard yordamida to’lov qilishlari mumkin.

OsonSMS.com bilan integratsiya

Tojikistonda faoliyat yuritadigan OsonSMS sms provayderiga  integratsiya qilindi. OsonSMS Tojikistondagi o’quv markazlar foydalanishlari mumkin.

 Mamlakatni tanlash

Sozlama bo’limida mamlakatni tanlash imkoni yaratildi. Kelgusida Tojikiston, Qozoqiston davlatlari bozoriga kirishni rejalashtirayapmiz.

Tilni o’zgartirish

Oldingi versiyada til faqat sozlama bo’limidan tanlanar edi. Hamma  shu tanlangan tilda ishlashga majbur edi. Endi foydalanuvchi o’ziga mos tilni tanlay oladi.

 Guruhda ish haqi usulini tanlash

O’qituvchiga oylikni qanday usulda olish ko’rsatiladi. O’qituvchiga oylik chiqarishning 3 ta usuli mavjud: Aniq  miqdor, O’quvchilar soni bo’yicha, Guruhdagi to’lovlardan foiz.

Oq’ituvchiga oylik hisoblash

Ish haqi hisoblashda o’qituvchi guruhlarida ko’rsatilgan ish haqi usullari bo’yicha tizim avtomatik ravishda hisob qiladi.

Kutuvchi guruh

Holat: avtomaktabda yangi guruh ochilishi uchun o’quvchilar soni 10 ta bo’lishi kerak. 10 ta o’quvchi yig’ilgandan keyin guruh ochiladi.

Shu holatni tizimlashtirish uchun guruh  yaratishda guruh holatini kutishda deb belgilanadi. O’quvchilarni guruhga biriktirish va ulardan to’lov olish mumkin. Guruhga keraklicha o’quvchi yig’ilgandan so’ng faollashtiriladi. Faollashtirishda sana so’raladi.

O’quvchilar balansi

Oldinga versiyalarda o’quvchi to’lovi har bir oy uchun alohida kiritib chiqilar edi. Endi balansga ixtiyoriy miqdorda to’lov qilish mumkin. Tizim o’zi oylarga bo’lib chiqadi.

Shuningdek, to’lovni qaytarishda ham hohlagan miqdor ko’rsatilishi mumkin.

O’quvchilar hisoboti

O’quvchilar hisobotida sanalar bo’yicha ham izlash imkoni qo’shildi.

Dam olish kunlari.

Sozlama bo’limiga dam olish kunlari bo’limi qo’shildi. Yil bo’yicha qo’shimcha olish kunlarini qo’shib chiqish kerak.

O’quvchilar to’lovini va ish haqi hisoblashda dam olish kunlari ham inobatga olinadi.

To’lov davri turlari

Umumiy sozlamalar qismiga To’lov davri turlari punkti qo’shildi.  2 xi to’lov davri turi bor: 15.03.24 – 15.04.24 va 15.03.24 – 31.03.24. Ya’ni sanadan sanagacha va boshlanish sanasidan oy oxirigacha. O’quv  markazlar o’ziga mos to’lov  davrini tanlashlari mumkin.

Hamkorlik dasturi

Edulog CRM ni yangi bosqichga olib chiqish uchun hamkorlik dasturini ishga tushirdik.

Hamkorlik dasturi har bir fuqaroga Edulog orqali qo’shimcha daromod olish imkoni beradi.

Buning uchun https://edulog.uz/merchant/ hovolasi orqali ro’yhatdan o’tiladi. Foydalanuvchi uchun referral havola yaratiladi.

Bu havolani orqali ro’yxatdan o’tgan mijozlar to’lovining 20%  hamkorimiz balansiga tushadi. Ro’yhatdan o’tgan mijoz har bir to’lovining 20% miqdori tushadi.

Hamkorlik dasturidan mijoz sifatida ro’yhatdan o’tgan o’quv markazlar ham foydalanishlari mumkin.

O'xshash maqolalar