E D U L O G

Bahor – yangilanish fasli. Qishning sovuq kunlarida biz o’quv markazlariga mo’ljallangan Edulog CRM ning 4.0 versiyasini yaratdik. Marhamat, ular bilan qisqacha tanishib chiqing.

Tizimdagi asosiy yangilanishlar:

  • O’quvchi tug’ilgan kuni
  • Aloqa;
  • Korxonalar;
  • Qarzdorlar
  • Inventar va Kutubxona modullari o’chirildi;
  • Abonement to’liq yangilandi;
  • To’lovlar guruhi o’chirildi;
  • Talabalar davomati o’zgartirildi;
  • Xonalar qo’shildi;
  • Dars jadvali o’zgardi;
  • O’qituvchi oyligi o’zgardi;
  • Mobil ilova uchun Sozlash moduli tuzatildi;
  • API ishlab chiqildi

 

O’quvchi tug’ilgan kuni

Asosiy sahifada “Talabalar tug’ilgan kuni” nomli yangi vidjet yaratildi.

Guruhsiz talabalar.

Talabalarni tizimga qo’shishda hali qaysi guruhda o’qishi noma’lum bo’lishi mumkin. Aytaylik, mijozingiz ingliz tilida o’qimoqchiligini telefon orqali aytdi. Bunda mijoz talabalar ro’yhatiga qo’shib qo’yiladi, lekin guruh tanlanmaydi. Keyinchalik unga guruh tanlash kerak bo’ladi. Oldin guruhsiz talabalarni umumiy ro’yhatdan topish biroz mushkil vazifa edi. Shuning uchun menyu bo’limida Guruhsiz talabalar bo’limi qo’shildi.

Korxonalar.

Yurtimizda korxona xodimlariga korporativ ta’lim beruvchi o’quv markazlari mavjud bo’lib, ular talabani ro’yhatdan o’tkazishda endi korxonani ham ko’rsatishlari mumkin. Kelajakda korxonaning qancha xodimiga ta’lim berishayotganini ko’ra olishadi.

Qarzdorlar.

CRM tizimning asosiy vazifasi o’quv markazi iqtisodiga yordam berish. Qaysi talaba qancha darsga keldi, qancha to’lov qildi va shunga o’xshagan asosiy ma’lumotlarni saqlaydi. Endi qarzdor o’quvchilarni aniqlash juda osonlashdi.

Inventar, Kutubxona modullari o’chirildi

Har bir versiyada Edulog CRM ni optimallashtiramiz. Buning uchun o’quv markazlari bilan doimiy aloqada bo’lib turamiz. So’rovlarimiz natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, hech qaysi o’quv markazi Kutubxona va Inventar bo’limlarini ishlatmas ekanlar. Shuning uchun bu modullarni o’chirishga qaror qildik.

Talabalar davomati

O’zgarishlar quyidagicha: davomat sahifasida talabalarning abonementi va qarzi ko’rsatiladi. Ya’ni davomat vaqtida talabaning qarzi bor yoqligi aniqlash mumkin. Shuningdek, administrator qaysidir talabaga abonement qo’llashni unutgan bo’lsa, bu haqida xabar chiqadi.

Xonalar

Yangi Xonalar modulini yaratdik. Avval dars jadvali yaratishda xonalar qo’lda kiritilar edi. Endi dars jadvali yaratishdan oldin, xonalar kiritilishi kerak.

Dars jadvali

Dars jadvali ham to’liq o’zgardi. Oldin faqat guruhlar bo’yicha dars jadvalini ko’rishimiz mumkin edi, endi xonalar bo’yicha ko’ramiz. Buning afzalligi, dars taqsimlanayotganda xona bandligi e’tiborga olinadi.

O’qituvchilar oyligi

Oylik sahifasida Talabalar guruhi blokini qo’shdik. Bu blokda o’qituvchi dars o’tadigan guruhlar va ularning to’lovi aks ettiriladi.

Masalan: o’qituvchi 5 ta guruhga dars o’tadi. Qaysidir guruhdan – 1000 000 so’m, boshqa guruhdan -1200 000 so’m yig’ilgan.

API

Dasturlar bir biri bilan ma’lumot almashishda API lardan foydalanishadi. Biz ham o’z API mizni ishlab chiqdik. Endi CRM ma’lumotlarini o’z saytingizda yoki mobil ilovada ko’rishingiz mumkin. Bu hali boshlang’ich stadiyada, Dasturchilar so’raviga asosan kerakli API qo’shib boramiz.

Bundan tashqari, CRM da mavjud bo’lgan ko’pgina bag va xatolar tuzatildi.

Oldinda hali ulkan rejalarimiz bor, Bizni kuzatishda va CRMdan foydalanishda davom eting.

18 mart 2020 yil.

Netson” korxonasi

O'xshash maqolalar