Edulogning mazkur versiyasida bir qancha o’zgarishlar va tuzatishlar qilindi. Asosiy qilinga ishlar administotorlar oldin qo’lda bajarishi kerak bo’lgan ishlar avtomatik ravishda bajariladigan bo’ldi.
Xodim loginini tekshirish .
Har bir xodim uchun login betakror bo’lishi lozim. Lekin administratorlar tomonidan hamma xodimlar uchun bir xil login kiritish kuzatildi. Endi xodim logini kiritilganda avtomatik ravishda uning betakrorligi tekshiriladi.
O’quvchi ism familiyasi bo’yicha tekshirish.
O’quvchilarni kiritishda bir o’quvchini bir necha marta qo’shishni oldini olish uchun ismi va familiyasi bo’yicha tekshirish qo’shildi. Endi bir xil ism sharifli o’quvchi bir marta kiritiladi.
Xodim o’zini o’chira olmaydi
Endi xodim o’z shaxsiy kabinetiga kirib o’zini o’zi o’chirib yubora olmaydi.
Guruhlarda tarif davri qo’shildi
To’lovlarni hisoblashda aniqlikni oshirish maqsadida guruhlar uchun Tarif davri qo’shildi.
Tarif davri 1 oydan 12 oygacha. Tarif davriga qarab o’quvchilarga oylik abonement chiqariladi. Masalan, tarif davri 4 oy deb belgilanadian bo’lsa, shu guruhdagi o’quvchilar uchun 4 oyga abonement avtomatik ravishda yaratiladi.
Tarif davrini o’zgartirganda o’quvchilarda ham abonement avtomatik ravishda o’zgaradi. Masalan, guruh tarif davri 2 oy edi. Uni 3 oy qilib belgilanganda maskur guruhdagi barcha o’quvchilarda ham abonement o’zgaradi.
Guruh o’chirilganda mazkur sana bo’yicha o’quvchilarda ham avtomatik ravishda abonement sanasi o’zgaradi.
O’quvchilardagi guruhni o’chirish mumkin emas
Endi o’quvchidan guruhni o’chirib bo’lmaydi. Shuning uchun o’quvchilarni guruhga biriktirishda to’g’ri biriktirish talab qilinadi.
O’quvchi guruhi ostida dars boshlanish va tugash sanalari qo’shildi. Bu sanalarni o’zgartirish mumkin.
To’lovlar bo’limida guruh bo’yicha abonementlarni ko’rish mumkin. O’quvchi panalida turib imtiyoz, to’lovlarni kiritish mumkin.
Endi har oy uchun alohida imtiyoz belgilash mumkin.
O’quvchini qo’lda bitiruvchi qilib belgilash shart emas. Abonement muddati tugallangandan 1 kun o’tib o’quvchi avtomatik ravishdi bitiruvchiga aylanadi.
O’quvchini qo’ldi bitiruvchi qilib belgilaganda shu sana bilan abonement muddati ham o’zgaradi. To’lovda hisoblar yangilanadi.
To’lov bo’limidagi Davr ustunida abonementning kerakli oydagi boshlanish va tugallanish sanasi qo’shildi. Imtiyoz va Iavsifni har oy uchun alohida qo’shish mumin.
To’lov kvitansiyasida To’lov davri o’zgartirildi.
Oldin faqat guruh va oy bo’yicha qarzdorlarni ko’rish mumkin edi. Hozir esa barcha qarzdorlarni ko’rish mumkin.
E’tibor bering! Qarzdorlar soni qarzdor o’quvchilar sonini bildirmaydi, balki qarzdor abonementlar sonini bildiradi.
Ya’ni markazda 10 o’quvchi bo’lib ham qarzlar soni 40 bo’lishi mumkin. Chunki har bir o’quvchi 4 ta abonementga ega bo’lib 4 oy davomida to’lov qilmagan bo’lsa, qarzdorlar soni 40 ta bo’ladi.
Yuqorida eslatma belgisi qo’shildi. Hozircha 2 bo’limdan iborat: qarzdorlar, guruhsiz o’quvchilar. Kelgusida eslatmaga o’quv markazlar taklifidan kelib chiqib boshqa bo’limlar ham qo’shiladi.
O’quvchi statusi Mijoz bo’lib, lekin guruhga biriktirilmagan bo’lsa, u holda o’quvchi Guruhsiz o’quvchilar bo’limiga tushadi.
Mijoz guruhga ega bo’lishi kerak.