E D U L O G
Reyting ballari

Edulogdan foydalanayotgan o’quv markazlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sababi ularning bergan takliflari asosida Edulog kundan kunga takomillashmoqda.

Fevraldagi yangilanishlar bilan tanishib chiqing:

1.  O’quvchilar bo’limida Sinov darsi bo’limi qo’shildi.

Sinov darsi bo’limi “Sinov darsi” statusidagi o’quvchilarni ko’rsatadi.

2.  Asosiy sahifada maxsus vidjet qo’shildi.

Bu vidjetlar mazkur oydagi o’quvchi to’lovlari, qarzlar, qancha to’langanligini ko’rsatadi.

3. O’quvchi davomati uchun qo’shimcha status

O’quvchi davomati uchun qo’shimcha kech qoldi, uy vazifasini bajarmagan nomli 2 ta status qo’shildi.

4.  Qarzdorlar bo’limida o’zgarish

Qarzdorlar bo’limiga kirilganda, qarzdor o’quvchilarning telefon raqamini ko’rish mumkin.

5.  To’lov kvitansiyasida o’zgarish

To’lov kvitansiyasida o’quv markaz logotipi qo’shildi va varaq orientatsiyasi kitobga almashtirildi.

6.  Yillik daromad va chiqim diagrammasi.

Mazkur diagrammaning daromad bandiga o’quvchilardan yig’ilgan to’lov ham qo’shildi.

7.  Nosozliklar tuzatildi

Asosiy sahifadagi o’quvchilar diagrammasidagi nosozliklar tuzatildi. SHuningdek, ota-ona shaxsiy kabinetidagi, hamda o’qituvchi shaxsiy kabinetidagi davomat bo’limidagi buzilishlar ham tuzatildi.

O'xshash maqolalar