E D U L O G

Edulog 7.2 versiyasida Telegram bot, test, osonlashtirilgan imtihon, moslashtirilgan ish-haqi.

Telegram bot

O’zbekistondagi 1 raqamli messenjer Telegram uchun bilan Edulog integratsiya qilindi. Universal va Vip tarifidagi mijozlarimiz integratsiyadan foydalanishlari mumkin.

Telegram bot adresi o’quvchi va ota-onalarga beriladi. Ular telegram botni ishga tushirishadi. Login va parolini kiritganlaridan so’ng, ularga taaluqli ma’lumotlar chiqadi: To’lov, Imtihon, Yuklama, Davomat, Dars jadvali, Reyting, Uy ishi. Shuningdek, o’quvchilar xabar yuborishlari mumkin. Administrator o’quvchilar yuborgan xabarlarga javob yoza olishadi hamda barcha o’quvchilarga xabar, rasm yuborish mumkin.

 

Test

Test bo’limi yaratildi. Dars vaqti o’quvchilardan test olish va ularni baholash mumkin. Ko’rinish va ishlash tartibi Uy vazifasiga o’xshash.

Imtixon

Imtixon bo’limi soddalashtirildi. Ishlash tartibi Uy vazifasiga o’xshash tartibga keltirildi:

Ish xaqi – Oylik

Ish xaqi bo’limi o’zgartirildi. O’zgartirishda o’quv markazlar orasida so’rov o’tkazdik. Tushgan takliflarga asosan yechim topildi.

O’qituvchiga Ish xaqi hisoblashda 2 xil usuldan biri foydalaniladi: 1) Ish xaqi o’quvchilar to’loviga bog’liq; 2) Kurs narxiga bog’liq, o’quvchilarning qancha to’lov qilgani muhim emas.

Har bir o’quv markaz shu usullardan birini tanlaydi.

Endi hisoblangan ish-xaqi miqdoridan avanslarni ham kiriitish mumkin. Shuningdek to’langan oylik hisobi Chiqimlar bo’limida ham ko’rinadi.

O’ylaymizki, bu o’zgarishlar  o’quv-markazlar samadorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

O'xshash maqolalar