E D U L O G

1 sentabrni boshidan o’tkazgan va o’quv yili ritmiga tushgan barchaga bag’ishlanadi. Michigan universiteti yubileyini tashqi reklamada ham nishonlashdi.  Bu kreativni Extra Credit Projects agentligi ishlab chiqqan.

Denverdagi Kolorado universiteti  talabalar hayotini har xil ko’rinishdagi medallar orqali reklama qilmoqda. Talabalar yaqindan kelib o’rganishmoqda. Karsh Hagan da o’ylab topilgan, AQSh.

O’quv kurslari va markazlariga o’tamiz. U yerdagi o’qish asosiy ta’lim qismi bo’lmaganligi uchun, talabalarni har xil fan mo’jizalari yordamida jalb qilishga to’g’ri keladi. «Ajablanishdan to’xtamang!», — Arizona ilmiy markazi iborasi, reklama kampaniyasini  Cramer-Krasselt o’ylab topgan, AQSh.

Til kurslari -tashqi reklamada juda ko’p uchraydi. Grey Olmoniyaning Dyuselldorf shahrida ingliz tilini o’rganishni reklama qilmoqda. 1 harf so’z ma’nosini o’zgartirganda.

Ekvadorda, ispan tilida so’zlashuvchi mamlakatda ingliz tilini o’rganishda yaxshi gapira oladigan o’qituvchilarga diqqatni qaratishadi. Maksim Fulltime o’ylab topgan.

Braziliyaning San Paolo shahridagi nemis tili kurslari erkaklarga mo’ljallangan. Nemis tilini unutib yubormaslikni futboldan boshqa usulini topishni taklif qilishmoqda

Dizaynerlik o’quv markazlari reklamasi.
Yaponiya, Tokioning me’morchilik va dizayn maktabi.  Hammasi  bitta chiziq bilan chizilgan.
Kanadaning Spring Advertising agentligi modani go’daklikdan o’rganish kerak deb hisoblaydi. «Buni qilish uchun tug’ilgan»… Shuhxasiz, kerakli narsalar. Qiziqarli g’oya.

O'xshash maqolalar