E D U L O G

Marketing Moduli – O’quv markazlari uchun CRM

BIz yangi Marketing modulini yaratding va qo’shdik.  Endi siz reklama uchun sarflagan sarf – harajatlar samaradorligini bilishingiz mumkin. Aytaylik banner uchun oyiga 900 000  so’m sarfladingiz, uning yordamida 20 ta mijoz keldi. Flayer uchun 200 000 so’m sarfladingiz, uning yordamida 50 ta mijoz keldi. Marketing moduli har bir reklama turidan qancha mijoz kelganligini ko’rsatadi.

“Chiqimlar” menyusi ostida yangi “Marketing”  menyusini qo’shdik. U ikki bo’limdan iborat: Reklama turi va Marketing hisoboti. Dastavval reklama turini yaratib olishingiz zarur. Masalan, kun.uz sayti. Endi administrator o’quvchini ro’yhatga qo’shayotganda, undan biz haqimizda qayerdan bildingiz deb savol beradi . O’quvchi reklama turini aytadi. Administrator shu yo’l bilan o’quvchining qaysi reklama turi orqali kelganligini ko’rsatib o’tadi.

Marketing hisoboti reklamalar bo’yicha statistikani ko’rsatadi. Edulog – o’quv markazlari uchun CRM, shuning uchun marketing uning asosiy elementi hisoblanadi.

Talabalarning qo’shimcha ma’lumotlari.

Talabalar anketasiga qo’shimcha maydonlar qo’shdik: O’qish tili, Bilim darajasi, Dars boshlanishi, Dars o’tiladigan kunlar, Talaba statusi.

“Talaba statusi” – talaba turini ko’rsatadi. Ya’ni, talaba shunchaki sizning o’quv markazingizga qo’ng’iroq qilib yoki tashrif buyurib qiziqish bildirsa, uni CRM ga qo’shib qo’yayotganingizda   “Qiziqqan talabalar” guruhiga biriktirasi. Statusini esa “Aloqa” deb ko’rsatasiz.

Tekin sinov darslariga ega o’quv markazlari uchun “Sinov darsi” statusini yaratdik. Ya’ni,  talabani guruhga sinov darsiga qo’shayotganda, kerakli guruhni tanlab, uning statusini “Sinov darsi” deb ko’rsatib o’tasiz.

Talabani mijoz sifatida qo’shayotganda, statusini “Mijoz” deb ko’rsatib o’tasiz.

Talabalar sahifasida talabalarni ko’rsatuvchi jadvalni o’zgartirdik, bir necha qo’shimcha kataklar qo’shdik.

To’lov shakli

“Tizimni sozlash” menyusi tarkibiga yangi “To’lov shakli” menyusi qo’shildi.

U Daromad va Chiqimlarning to’lov shaklini aniqlash uchun mo’ljallangan.

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar kalendari tuzatildi. Eng asosiysi, endi siz o’quv markazida nishonlanadigan tadbirlardan xabardor bo’lib turasiz.

O’qituvchilar oyligi

O’zbekistondagi ko’pchilik o’quv markazlari o’qituvchilarga ish haqi hisoblashda ular dars o’tgan o’quvchilar soni va abonement miqdoridan foydalanishadi. Edulog O’zbekiston uchun mo’ljallanganligi uchun ish haqini hisoblash usulini shunga mosladik.

Boshqaruv paneli vidjetlari

Boshqaruv panelidagi vidjetlarni yaxshiroqlariga almashtirdik.

Joriy oydagi daromad, chiqimlar  va foyda

Sichqoncha kursorini ulardan biriga olib borsangiz, avtomatik ravishda boshqa vidjetlardagi ma’lumotlar ham o’zgaradi.

Qabul statistikasi

Diagramma oy kesimida qabul qilinga o’quvchilar miqdorini ko’rsatadi. Ular statuslari bo’yicha bo’lingan: Mijoz, Sinov darsi, Aloqa.

Bundan tashqari, biz Telegram messenjerida o’z guruhimizni yaratdik.  Guruhga qo’shiling!

18 июля 2019 года.

“Netson” kompaniyasi

O'xshash maqolalar