E D U L O G

Kadrlar bo’limi >

 Ish-haqi

O’qituvchiga oylik hisoblash

Bu bo’lim xodimlarning oylik ish-haqini hisoblaydi. Filial, Oy, Yilni tanlang va “Izlash” tugmasini bosing.

Ish haqi hisoblashda o’qituvchi guruhlarida ko’rsatilgan ish haqi usullari bo’yicha tizim avtomatik ravishda hisob qiladi.

 

O’qituvchi maosh turini tanlagandan so’ng maosh miqdorini kiritamiz.

Fiksirlangan – Ushbu qismga ochilayotgan guruh uchun o’qituvchiga aniq beriladigan maosh summasi yoziladi.

Foiz – Agarda foiz tanlansa o’qituvchi bilan kelishilgan foiz miqdori kiritiladi. Masalan: 20%, 30% (v.h).

O’quvchilar soni – Oxirgi qismi ya’ni o’quvchilar soniga qarab bunda yaratilayotgan guruhda nechta o’quvchi mavjud bo’lsa kurs narxidan kelib chiqib tizim o’qituvchiga oylikni avtomatik hisoblaydi. ( Eslatma o’quvchilar to’lov qilmagan holatda ham guruhda mavjudligi sababli o’qituvchiga oylik chiqadi).

Kadirlar bo’limi – ish-haqi qismida flial oy, yilni tanlab izlash tugmasini bosamiz natijada shu holat ko’rsatiladi. Endi yashil rangdagi odamcha belgisini bosamiz.

Bu yerda o’qituvchining barcha guruhlaridagi jami summa ko’rinadi. Nechta guruh borligi hamda yaratilgan guruhturiga qarab qilingan to’lov yoki belgilangan oylik miqdorini ko’rishimiz mumkin.

Endi + ushbu belgini bosamiz.

Bu yerda o’qituvchi uchun oldindan avans berishimiz mumkin yoki to’liq oylikni birdan berishimiz mumkin. To’lov miqdori kiritilib to’lov turini tanlab to’lash tugmasini bosamiz.

Bu yerda to’langan miqdor ya’ni avans holatidagi to’lovni ko’rishimiz mumkin oylikni qolgan qismi qarz holatida turibdi.

 

 

 

 

O'xshash maqolalar