E D U L O G

Edulog:  O’quv markazlarini boshqarish tizimi – Foydalanuvchi qo’llanmasi

O’quv markazingiz eshigini innovatsion texnologiya uchun oching!

4.0 versiya uhun foydalanuvchi qo’llanmasi
Email: info@eson.uz
Web-manzili:  edulog.uz

Edulog CRM dan foydalanishdan oldin, iltimos, bu hujjatni o’qib chiqing. Biz sizga Edulogdan foydalanish uchun batafsil ma’lumotlar berib boramiz. Edulogni har qanday o’quv markazida qo’llash mumkin.

Edulog  – o’quv markazlari uchun CRM tizimidir.

Agar bu yerda o’z savollaringizga javob topolmasangiz, bizning Telegram messenjeridagi guruhimizni ko’rib chiqing. Siz bergan savolda u yerda javob berilgan bo’lish ehtimoli katta. Agar u yerda ham topa olmasangiz, u holda telegram orqali bizga yuboring.

Rahmat. o’ylaymizki sizga Edulog juda yoqadi!

Edulog – Umumiy ma’lumotlar

Edulogni ishlatishdan oldin standart o’quv markazini ko’rib chiqamiz. O’quv markazi filialdan, filial esa bir necha guruhlardan tashkil topgan. Muhim emas, o’quv markazda filial bormi, yo’qmi hech bo’lmaganda bitta filial ko’rsatilishi kerak.

O’quvchilar ta’lim olishayotgan vaqtda biz ulardan to’lov olamiz. Biz talabalar davomatini ro’yhatdan o’tkazib turamiz. O’quv markazimizda kutubxona bor, unda kitoblarni ro’yhatdan o’tkazib a’zolarga berib turamiz yoki qaytarib olamiz. Albatta, o’quv markazimizda o’quvchilarga ta’lim beruvchi o’qituvchilar ham bor. Bundan tashqari boshqa xodimlar ham bor, masalan, buxgalter, farrosh. Biz ba’zan xodimlarga topshiriq berib turamiz, ularning bajarilishini nazorat qilamiz. Biz umuman yig’ilish, majliz o’tkazmaymiz. Vaqt – oltinga teng. Barcha harajatlarni – kommunal to’lovlar, ish haqi, arenda, doimiy harajatlarni hisoblab boramiz. Shuningdek, daromadlarni ham yozib boramiz. Biznes hisobni yoqtiradi.

Bundan tashqari, bizning platformamizdan boshqa foydalanuvchilar: o’qituvchilar, buxgalterlar, kutubxonachilar, talabalar va ularning ota-onalari ham foydalana olishadi. Hamma o’ziga taaluqli ma’lumotlarni ko’radi. Buning uchun Edulogda 7 rol ochilgan – SuperAdmin, Administrator, O’qituvchi, Buxgalter, Talaba va Ota –ona.

Endi ishlashga o’tamiz.

Administrator shaxsiy kabinetiga o’tish.

O'xshash maqolalar